- Rukn: Sheʼrlar
- 256 marta ko‘rilgan
Onam qoʻshigʻi
Umidni asrash kerak,
Umid yotar beshikda.
Aziz bo‘lsin mehmoning,
Rizqi kirsin teshikdan.
Tomorqada ishlayman,
Goho o‘qiyman kitob.
“Hovli supur, kir yuvgin”
O‘zimcha qildim xitob.
Umidni asrash kerak,
Loqaydlikdan kechish shart.
Insonning hayotini
Belgilaydi harakat.
Mahmud Qoshg‘ariy ilk bor
Bajargan buyuk ishni.
Ilm poydevoriga
Qo‘ygan dastlabki g‘ishtni.
Boqimandalikdan, oh,
Xudo o‘zi asrasin.
Keksayganida olsin
Bobo Lutfiy hassasin.
Moʻmin AVAZ