- Rukn: Sheʼrlar
- 222 marta ko‘rilgan
Cheksizlik
Bir taqsim nol – cheksizlik,
Matematik ifoda.
Sakkiz soni yastanib
Yotgani tushar yodga.
Cheksiz olam,
Cheksiz yurt
Ko‘zlarimda ko‘kargan.
Yurakdan suya-suya,
Bor mehrimni to‘karman.
Hammayoq obod, hilol,
Lol boqadi bosh qashib.
Iqbol uchun kurashar
Odamlar jon talashib.
Ustozlar har bir fanni
O‘tganlari yaradi.
Bilim – yangi imkonlar
Keltirib chiqaradi.
Cheksizlikka talpinib,
Zeb beraman o‘zimga.
Oynaksiz ko‘zoynakni
Taqib olgan ko‘zimga.
Moʻmin AVAZ