- Rukn: Sheʼrlar
- 80 marta ko‘rilgan
Bayrog‘im — quyosh
Senga qarab turib tiklayman qaddim,
Senga qaraganda ko‘taraman bosh.
Qo‘limni yuragim ustiga qo‘yib,
Ko‘zim bilan suygum bayrog‘im - quyosh.
Hilpiraysan baland osmonlarimda,
Go‘yo to‘lqinlanib tinch kunlarimdan.
Yuguraman jahon maydonlarida,
Kubrodek qo‘ymayman hech qo‘llarimdan.
O‘paman va nondek ko‘zga surtgayman,
Hilpirashing tilab hamisha, abad.
Qayerda bo‘lsam ham ko‘rib uzoqdan,
Senga qarab turib ko‘taraman qad.
Dilorom ISMOILOVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi