Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qo‘shnimizning xurmosi

Qizim:

– Dada, qarang bog‘ tomon,

Shamolda, sinib yomon,

Qo‘shnimizning xurmosi,

To‘kilibdi biz tomon.

 

Terib olib kelaymi,

Yuvib olib kelaymi,

Ezilgani, xomlarin,

Tovug‘imga beraymi?

 

– Jon qizim, jonim qizim,

Ajoyib, dono qizim,

Qo‘shnilarning xurmosin,

Mayli ter, a’lo qizim.

 

Bitta iltimos, qizim.

Topgin chelak bo‘shini,

Xurmolarin qaytarib,

Shod qilamiz qo‘shnini...

 

Senga shunday nasihat,

Qulog‘ingdan tushmasin,

O‘zgalar narsasiga,

Aslo ko‘ngling tushmasin.

 

Bog‘imizga shamolda,

To‘kilibdi ko‘p xurmo.

Egasiga qaytargin,

Tushgan bo‘lsa ham tillo.

 

Mansurjon XO‘JAYEV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.