- Rukn: Sheʼrlar
- 980 marta ko‘rilgan
Daraxt
Bog‘imizda biz bugun
Ekdik mevali ko‘chat.
Olma, o‘rik navlari
O‘sib bo‘lar zo‘r daraxt.
Shaftoli, olma, uzum –
O‘tqazdik har turini.
Ko‘p unumli o‘tkazdik,
Shu yakshanba kunini.
Meva berguncha daraxt,
Balki o‘tar ko‘p yillar.
Lekin hosilin ko‘rib,
Yayraydi barcha dillar.
Shu damdan unut bo‘lar
Barcha mehnat-mashaqqat.
Mevasidan yeganlar
Aytadi bizga rahmat.
Jasurbek ABDUG‘AFFOROV,
Jizzax viloyati Zomin tumani
47-maktab 8-sinf