- Rukn: Sheʼrlar
- 669 marta ko‘rilgan
Ertalab
Osmon tiniq, zangori,
Beg‘ubor aft-angori.
Yarqirab nur anhori,
Oftob chiqdi olamga.
– Assalom! – der yer pastda,
– Assalom! – der el asta.
Qancha orzu-havasda
Oftob chiqdi olamga.
Dovon oshib shod-xandon,
Xursand bo‘lib u chandon,
Yashasin deb har bir jon,
Oftob chiqdi olamga.
Qudrat Hikmat