- Rukn: Sheʼrlar
- 3106 marta ko‘rilgan
Fanlar shohi
Fanlar ko‘p bu olamda,
Lekin ayni shu damda
Aytayin sizga bir sir,
Boshqa fanlardan uzr!
Kaliti karra jadval
Muammoni qilar hal.
Barcha fan bordir unda
Jozibasi ham shunda.
Ko‘p muammo bo‘lar hal,
O‘rgansak gar mukammal!
Fanlar shohi bu tilsim,
Qani, toping, bilar kim?
Ha, bu – matematika!
Bari mujassam unda.
Uqtiradi ilmni,
O‘rgatadi bilimni!
Hamrogul ORTIQOVA,
Buxoro viloyati Olot tumani
16-maktab 6-sinf o‘quvchisi