- Rukn: Sheʼrlar
- 1089 marta ko‘rilgan
Ikki she’r
Chuvalchang
– Oyijo-o-o-on? – deb yugurdi,
Hovliga Muhammadjon.
– Qarang oyi, bog‘dan men,
Ilon tutdim kattakon.
Xavotirdan oyisi
O‘zin ushladi arang.
Qarasa-ki bolasi,
Tutibdi-ya chuvalchang.
Mazali o‘lka
Giloslarning qizargan yuzi,
Olma shoxi egilgan yerga.
Dehqon esa kun-u tun tinmay,
Rosa botgan shalabbo terga.
Jilva qilar qirmizi olcha,
Sersuv o‘rik unga mahliyo.
Barg ortida berkingan nokga,
O‘tib bo‘lmas boqmayin qiyo.
Qovun, tarvuz dalada hamon,
Sekin-asta qorayar kishmish.
Dehqon bobo, doim bo‘l omon!
Azim o‘lkam go‘yoki behisht.
Zarnigor Bakirova,
Respublika musiqa va san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi