- Rukn: Sheʼrlar
- 6739 marta ko‘rilgan
Tinchlik bo‘lsin!
Kel, Quyosh, do‘st bo‘lamiz,
Kezamiz keng olamni.
Yer sharin pok qilamiz,
Olib qog‘oz-qalamni.
Menda so‘z bor, senda – yog‘du,
Qalblarni yoritamiz.
Biz yerga tutib ko‘zgu,
Dardlarni aritamiz.
Yomonlarni yaxshiga,
Aylantirib qo‘yaylik.
Urushqoqni yaxshi gap
Bilan yo‘lga solaylik.
Yetar!
Urush-janjaldan
Charchagandir bu jahon...
Urushqoqlik o‘jar-da,
Yashaylik inoq-omon!
Yer yuzi yaxshilikka –
Ezgulikka burkansin.
Bizdagi bu do‘stlikka
Havas qilsin – o‘rgansin!
Sobir Jabbor