- Rukn: Sheʼrlar
- 558 marta ko‘rilgan
Ikki sheʼr
OPAM YEGAN QAND SHIRIN
Kenjatoy qiz Laziza
Erkatoy, tantiq juda.
Gohida oshib ketar,
Qiliqlari behuda.
Opasi Azizaga,
Taqlid qilib to‘ymaydi.
Qayga borsa ergashib,
O‘z holiga qo‘ymaydi.
Chetda turar o‘zining,
Qator qo‘g‘irchoqlari.
Yoqarkan opasining,
Bejirim munchoqlari.
O‘tgan kuni dadasi,
– Tortishmangiz, – deb faqat
Ikkoviga ham bir xil,
Olib keldi shokolad.
Yig‘lay boshlar Laziza,
Bilmaymiz, buning sirin.
Tinmay derdi: – Baribir,
Opam yegan “oh” shirin!
***
TOLIBJONNING DARDI
Bir kuni opam Gulnor,
Dedi: “Ketgin, nari bor.
O‘zi dardim yetarli,
Injiqliklaring bekor”.
Xuddi shu so‘zni aytib,
Quvib qoldi xonadan.
“Dard” degan nimaligin
Bildim, Bahri xoladan.
Hamma ham bir tashvishda,
Yurarkan joni halak.
Dedi, bunday “kasallik”,
Barchada bo‘lsa kerak.
Tushunmaysiz, opajon,
Menga ham ko‘p qiyin-da.
Anglamaydi oyim ham,
Mening dardim – o‘yin-da!
Odina Abdumo‘minova,
Toshkent Amaliy fanlar universiteti 3-bosqich talabasi