- Rukn: Sheʼrlar
- 1903 marta ko‘rilgan
Umrim bahori
Ey qalbim bahori, keldingmi yo‘qlab,
Dilimga ezgulik cho‘g‘ini tashla,
Bugun orzu degan cho‘qqiga boshla,
Navqiron yoshligim – umrim bahori!
O‘ylaymiz, xayollar chegarasi yo‘q,
O‘smir dunyosidan durdonasi yo‘q,
Kelajakka ishonch, o‘zdan ko‘ngli to‘q,
Navqiron yoshligim – umrim bahori !
Manziling yodingdan chiqmasin zinhor,
Do‘stlar maslahatin qilmagin inkor,
Sen uchun jaranglar, dilrabo alyor,
Navqiron yoshligim – umrim bahori!
Aziza, qalbingda yoshlik, ezgulik,
She’riyatga mehr, dilda mangulik,
O‘n to‘rt bahoringga loyiq go‘zallik,
Navqiron yoshligim – umrim bahori!
Aziza Nurmahamatova,
Toshkent shahar Chilonzor tumani
101-maktab 9-sinf