- Rukn: Sheʼrlar
- 406 marta ko‘rilgan
Toʻrtkoʻl
Tog‘ ortidan chiqadi,
Sekin mo‘ralab quyosh.
Jilolandi tabiat,
Maysalar ko‘tardi bosh.
Qalbim torlarin chertib,
Qo‘shiq kuylaydi bulbul.
Men shu yurtning qiziman,
Bag‘rini ochar To‘rtko‘l.
Fazilat Durdiboyeva,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
To‘rtko‘l tumani 65-maktab 8-sinf