- Rukn: Sheʼrlar
- 561 marta ko‘rilgan
Ko‘lmakdagi oy
Hovlimizga chiqsam men,
Zo‘rg‘a qo‘rqib-qaltirab.
Ko‘lmakning o‘rtasida,
Oy turibdi yaltirab.
Oldiga borib sekin,
Qo‘lim soldim shoshilib.
Ushlab olmoqchi edim,
Sinib ketdi sochilib.
***
Mallavoy
Mushukkinam Mallavoy,
Yon atrofga qaramay
Toshmi yoki temirmi,
Yurolmaydi yalamay.
Qish kunlari sovuqda
Qimirlagisi kelmay
Ko‘k eshikning dastasin
Yalab oldi u bilmay.
O‘sha ondayoq shappa,
Yopishib qoldi tili.
– Har narsani yalama! –
Dedi do‘q urib Guli.
Qirg‘iz tilidan
Nodirbek YO‘LDOSH o‘girdi,
Zomin tumanidagi 36-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.