- Rukn: Sheʼrlar
- 649 marta ko‘rilgan
Bayroqni baland tut
Dunyoda baxtliman, bordir Vatanim,
Baxtlarga cho‘milib, ulg‘aygan tanim,
Bilim, hayot bergan muqaddas makon,
Bu mening Turonim, qadim Turkiston,
Mangu hilpirayver, Vatan bayrog‘i.
Inson qadri, erki yurtimda baland,
Keksani e’zozlar navqiron avlod.
Muhtojga saxiylar qilar saxovat.
Do‘stlarni qadrlar aylab oqibat,
Mangu hilpirayver, Vatan bayrog‘i.
Bu shundayin ajib, beqiyos Vatan,
Har bir xonadonda jaranglar “Qur’on”,
Alloh kalomidan kuch olar iymon.
Yashnaydi Vatanim shahr-u qishlog‘i,
Mangu hilpirayver, Vatan bayrog‘i.
Bayroq muqaddasdir – baland tut, bolam!
Sohibqiron bobong ko‘targan yalov.
Ajdodlar saqlagan, hurligin har dam,
Ozodlik yo‘lida kechganlar olov,
Mangu hilpirayver, Vatan bayrog‘i.
Bayraming muborak, onajon o‘lkam!
Adolat oftobi porlasin abad!
Mustaqil diyorda mag‘rur tutgin bosh!
Shahr-u qishloqlaring bo‘lgaydir obod,
Mangu hilpirayver, Vatan bayrog‘i.
Qo‘chqor hoji Ko‘chimov,
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi a’lochisi
Qashqadaryo viloyati
Qamashi tumani