- Rukn: Sheʼrlar
- 480 marta ko‘rilgan
Mustaqillik to‘yi bu!
Biz ozodmiz, biz hurmiz,
Boshimiz tik, mag‘rurmiz.
Biz erishgan marralar,
Bu go‘zal manzaralar –
Mustaqillik ne’mati,
Istiqlol sharofati.
Do‘stlarim, katta bayram
Ko‘ngillar shod-u xurram.
Naqorat: Onamizdek parvona,
Eng aziz, eng yagona
Bizning jon-u tanimiz,
Jannati Vatanimiz.
Elim, yurtim to‘yi bu,
Yuksalishning bo‘yi bu.
Yashnab borar kun sayin,
Shiddat bilan tinmayin.
Obod Vatan, obod yurt,
Obod yarim ko‘ngillar.
Xalqim, qo‘lni qo‘lga ber,
Ajdodlar ruhi qo‘llar.
Naqorat:
Zahro HASANOVA she’ri,
Jumadulla NAZAROV musiqasi