- Rukn: Sheʼrlar
- 498 marta ko‘rilgan
Nihol
Ulg‘ayasan kundan-kun,
Bo‘ying ko‘kka cho‘zilib.
Cho‘qqilarni quchsang ham,
Qolma yerdan uzilib.
Ba’zida shod, baxtiyor,
Ba’zan o‘ychan turasan.
Do‘stlar bilan sirlashib,
Shirin suhbat qurasan.
Juda yoshsan, murg‘aksan,
Nurli bo‘lsin hayoting.
Bo‘ylayvergin samoga,
Qayrilmasin qanoting,
Shahribonu TURSUNOVA,
Surxondaryo viloyati Muzrabod tumani 7-maktab 11-sinf