Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oy va dolim

Quyosh botib, cho‘l qo‘ynida

Ona zamin hansirar.

Ko‘kda esa yulduz kular,

Ukam Dolim talpinar.

 

–Aka, qarang, huv yer uzra

Bosh ko‘tardi oymomo.

Yog‘dularin ko‘rdingizmi?

Yashnab ketdi yer, samo.

 

Men-chi dedim: – Oy ham cho‘lda,

Sendek bunda qolmoqchi.

Yerlar ochib, nurin sochib,

Sen-la o‘rtoq bo‘lmoqchi.

 

Otash XOLMIRZAYEV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.