Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quyosh va Jasur

Quyosh go‘yo shirmoy non,

“Tandir” uzra tin oldi.

Hatto, oqshom shafag‘i

Bir zumga turib qoldi.

 

Kichik Jasur talpinar,

– Dada, nonni olib ber.

Agar-chi, issiq bo‘lsa,

Tez do‘ppimga solib ber.

 

Shu payt quyosh ham asta

Qir ortida yo‘qoldi.

Jasur bo‘lsa hayron der,

– Kulcha nonni kim oldi?!

 

Otash XOLMIRZAYEV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.