- Rukn: Sheʼrlar
- 311 marta ko‘rilgan
Patir non
Ko‘kda kulgan oy kabi
Patir nondir qo‘limda.
Ko‘z-ko‘z qilib boraman
Ko‘ringanga yo‘limda.
Aylanasi bir quchoq,
Gul solingan chetiga.
O‘rtasida qubbasi,
Kunjuti bor betida.
Ko‘p mazali patir non
Keksa-yoshga yoqadi.
Oyim tez-tez tandirda
Shunday nonlar yopadi.
Otash XOLMIRZAYEV