- Rukn: Sheʼrlar
- 376 marta ko‘rilgan
Qo‘l kuydirmas chiroq
Bir kuni ukam menga
G‘alati savol berdi.
Shiftga tikilib turib,
O‘zicha xayol surdi.
– Opa bu quyoshmidi,
Yoki oyga u singil?
Faqat uyi osmonmas,
Shiftimizdagi qandil.
Qo‘lim tekkazsam agar,
Nima qilarkin, qiziq?
Goh yonadi, goh o‘char,
Xuddi nok kabi cho‘ziq.
– Xonamizni yoritsin,
Ukajonim bu chiroq.
Sersuv nok uzay senga
Bog‘dan yaxshisi tezroq.
Mevalarning totlisi,
Zararlardan yiroq u.
Lampochkaga o‘xshaydi,
Qo‘l kuydirmas chiroq u.
Shahzoda ORTIQBOYEVA,
Toshkent shahar Yangi hayot tumani 292-maktab 8-sinf