- Rukn: Sheʼrlar
- 214 marta ko‘rilgan
Qurol tutmang qo‘llarga
Nima yetmay qoldi-yu?
Neni bo‘lib bo‘lmadi?
Kimdan nuqson o‘tdi-yu?
Kimning ko‘ngli to‘lmadi?
Joningizda halovat,
Taningizda yo‘q toqat.
Yer-u davlat talashib,
Topyapsizmi rohat?
Har yon to‘zon, to‘polon,
Uylar bo‘lar vayrona.
Holingizni ko‘rganlar,
Bo‘layotir hayrona.
Onangizni yig‘latib,
Bolangizni zor qilmang.
Yaqiningiz qaqshatib,
O‘zingizni xor qilmang.
Bolaga shu o‘rnakmi?
O‘zingizni tutvoling.
Har bir qilgan ishlarga,
Haqdan javob kutvoling.
Qurol tutmang qo‘llarga,
Yaratuvchi bu qo‘llar.
Yakuniga ko‘z tashlang,
Yorug‘ bo‘lsin dil yo‘llar.
Urush chohin ochganlar,
Sizlargadir shu xitob:
Kelajakni oqsatmang,
Bolaga bering kitob!!!
Husnidaxon MADAMINOVA,
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 25-maktab, 9-sinf