- Rukn: Sheʼrlar
- 766 marta ko‘rilgan
Ruscha lugʻat tuzamiz
– Qani, jajji Dilovar
Tuzgin ruscha slovar.
“Leto” yozdir, Kuz – “osen”
“Noch” – kecha, kunduzi – “den”.
Aʼlo soʻzi – “otlichno”
Abadiy esa – “vechno”.
“Sad” – bogʻ, “orex” – oh, yongʻoq.
“Grom” – momaqaldiroq,
Behi – “ayva”, deyilar,
Palov bilan yeyilar.
Shirin nima? – “Sladkiy”!
Silliq esa – “gladkiy”.
Olmani – “yabloko”, der,
“Zemlya” – oʻzing oʻsgan Yer.
Mehnat – “trud”, “zerno” – don.
“Rabota” – ish, “xleb” – non.
Komil, Raʼno, Bahodir
Lugʻatni davom ettir!
Narzulla MAHMUDOV