- Rukn: Sheʼrlar
- 636 marta ko‘rilgan
Yolgʻizlikda
Ashulani vang qilib,
Hammani hang-mang qilib.
Toʻzgʻitgancha koʻchani,
Buzib tinchin kechani,
Botirvoy shoshib borar.
Kuchuklarni hurdirib,
Kimligini bildirib,
Qoʻshiqmi, baqiriqmi,
Yordamga chaqiriqmi?
Ilhomi toshib borar.
Bilsak, Botir bu palla
Qoʻshiq aytib baralla,
Madad berib oʻziga,
Bot-bot qarab iziga,
Qoʻrquvdan qochib borar.
Hamza IMONBERDIYEV