- Rukn: Sheʼrlar
- 638 marta ko‘rilgan
Bolalar adashmasin
– Devorlarga chizibsan
Hayvonlarning rasmini.
Uylar koʻrkini buzib
Qilgan ishing yaxshimi?
– Bir-biriga oʻxsharkan
Yangi tushgan binolar.
Oʻz uyini topolmay
Oʻrtoqlarim qiynalar.
Oyijon, ular endi
Yurishmaydi adashib.
Aniqlashar uylarin
Suratlarga qarashib.
Muqimjon QODIROV