- Rukn: Sheʼrlar
- 743 marta ko‘rilgan
Vatanim baxting qutlugʻ
Olimpiada gʻoliblariga
Gʻururim, iftihorim,
Shiddat-u shahding qutlugʻ!
Jahonni lol aylagan
Shon-sharaf – ahding qutlugʻ!
Yo pirim, degan vaqting
Zamin-samo esh boʻldi.
Xalq joʻshdi yuragingda,
Yurting koʻz-u qosh boʻldi.
Qoningda vatan sening,
Oningda vatan sening,
Nomingda vatan sening,
Shoningda vatan sening...
Muzaffar, gʻolib oʻzing,
Vatan jamoli – yuzing.
Oq sutdek halol tuzing,
Bardavom boʻlsin izing.
Poyingga gullar toʻshar
Chamanzor Oʻzbekiston.
Yelkangga qoqib qutlar
Qadimiy bu Turkiston.
Oliy baxt – farzand baxti –
Vatanim, baxting qutlugʻ!
Choʻqqiga tikding bayroq –
Shohsupa – taxting qutlugʻ!
Dilafroʻz CHORIYEVA