- Rukn: Sheʼrlar
- 501 marta ko‘rilgan
Samarqand
G‘ururimsan, ona shahrim,
Hamon o‘sha-o‘shasan.
Mingyilliklar aro porlab
Turgan ulug‘ go‘shasan.
Har qariching menga aziz,
Bebahodir har g‘ishting.
Charog‘onsan, yuksaklikda
Yulduzlarga bo‘ylashding.
Samarqandim, ona shahrim,
Diyorimning ko‘rkisan.
Sen ulug‘lar vatanisan,
Allomalar yurtisan.
Charos Rahmatullayeva,
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 92-maktab 7-sinf