- Rukn: Sheʼrlar
- 447 marta ko‘rilgan
Shakarli osh
Singlim biroz kichkina –
Endi to‘lar besh yoshga.
Opa-singil ikkimiz
Harakat qildik oshga.
Qozonga yog‘ni soldik,
Sabzi artdik birpasda.
Biroz chalg‘igandim men,
Qochib qoldi u asta.
Xullas: taom ham tayyor,
Tortildi dasturxonga.
Ta’mi biroz g‘alati –
Boqdim singlim tomonga.
U esa bo‘lib xursand,
Der: “Oshpaz bo‘lib qoldim.
Shirin chiqishi uchun
Ozgina shakar soldim”.
Sarvara Sindorqulova,
Jizzax viloyati G‘allaorol tumani
24-maktab 8-sinf