- Rukn: Sheʼrlar
- 517 marta ko‘rilgan
Shoir
Maktabi, Vatani, Ona diyori
Ilhomga aylanib, dilida jo‘shar.
So‘lim tabiat-u ko‘m-ko‘k osmonlar
Shoirga hamisha ilhom bag‘ishlar.
Ipak matosidek nafis satrlar,
Yaralar ko‘nglining tug‘yoni ichra.
Agar izlab yurgan so‘zin topolsa,
Undan baxtiyori topilmas sira.
Yorqinoy Muhammadaliyeva,
Namangan Prezident maktabi, 5-sinf