- Rukn: Sheʼrlar
- 332 marta ko‘rilgan
Sichqonchalar
Omborlarda o‘ynoqlab,
Kemirib bug‘doy, unni.
Tashvishsiz o‘tkazardi
Sichqonchalar har kunni.
Mushukning sichqon bilan
Sira ishi yo‘q edi.
Chunki yalqov mushukning
Doim qorni to‘q edi.
Omborida sichqonni
Uy egasi ko‘rgan on.
Mushukni haydab solib,
O‘rniga qo‘ydi qopqon.
O‘sha kuni bir sichqon
Tushib temir qopqonga.
Donlarni yegan og‘zi
To‘ldi darrovda qonga.
Demoqchiman alqissa,
Bu hayotdan bir qissa.
Tekin donni yemagin,
Qo‘shmagan bo‘lsang hissa.
Muhammadrasul MAMATQULOV