Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tandir

Bobom qurgan bu katta tandir

Ich-ichidan nurab yotibdi.

Kuz kunlari yomg‘ir xo‘p yog‘ib,

Yuvilibdi, u sovqotibdi.

 

Barchasiga aybdorman o‘zim,

Uning ustin yopib qo‘ymadim.

Ne bo‘lsa ham tandir, yiqilma,

Issiq nonga hali to‘ymadim.

 

Yomg‘ir yuvib o‘tgan chekkasin

Men loy bilan suvab qo‘yaman.

Bolaligim xotirasi u,

Yelkasini suyab qo‘yaman.

 

Muhammadrasul MAMATQULOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.