- Rukn: Sheʼrlar
- 643 marta ko‘rilgan
Toʻp
To‘pim, to‘p-to‘p etasan,
Ursam uchib ketasan.
Havolanib nariga –
Do‘stlarimga yetasan.
O‘ynatasan ko‘zimni,
Hovliqtirib o‘zimni.
Biroz ko‘proq o‘ynasam,
Terlatasan yuzimni.
Senga sira to‘ymayman,
Bo‘sh ekanman qo‘ymayman.
Ovunchog‘im, – deb seni
Do‘stlarim-la o‘ynayman.
To‘pim, to‘p-to‘p etasan,
Ursam uchib ketasan.
Handalakdek yumalab,
Bizni xursand etasan.
Zafar Diyor