- Rukn: Sheʼrlar
- 601 marta ko‘rilgan
Vatan
Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtda o‘sdim,
O‘zgacha muhabbat his qilar jonim.
Qalbim uyin g‘am-u g‘ussadan to‘sdim,
Muqaddas beshiksan, O‘zbekistonim!
O‘psam arzir, tuprog‘ing – aziz,
Ichsam, zilol suvlaring – toza.
To‘rt tarafing keng quloch yoza,
Baxtdan olar mangu andoza.
Yelkaga xalqimiz yukin yuklagan
Millatim bermaydi g‘animlarga dov.
U dengizdir, u to‘lqindir, u – olov,
Soya solmas, tosh otolmas na-da yov.
Senga bosh egaman, tabarruk xilqat,
G‘am cheksang, dardingga men ham kuyaman.
Erkalab, o‘zingni Ona deb faqat,
Beg‘ubor boladek sevaman, Vatan!
Shirinoy Allamova,
Xorazm viloyati Yangibozor tumani
6-maktab psixologi