- Rukn: Sheʼrlar
- 554 marta ko‘rilgan
Vatanparvar
Vizillab uchgan toshlar
“Shahar”ni vayron qilar...
Tong chog‘i taloto‘pdan
Ko‘z ochishdi arilar.
Qo‘mondon der: —Saf torting!
Va darhol kiring jangga.
Uzum uchun dushmanlar
Tosh otishdi “Vatan”ga.
Arilar birlashdi-yu
Bir mushtga aylandilar.
Tezda havo orqali
Hujumga shaylandilar.
“Qasos!” dedilar — qanot
Qayrildi, nishlar sindi.
Og‘riqqa dosh berolmay
Yov ham ortga chekindi.
Birortasi ori-yu
Vijdonini sotmadi.
Jonni asramoq uchun
Xilvatlarda yotmadi.
So‘ramang shoirlardan,
So‘ramang qarilardan.
Vatanparvarlik ne, deb
So‘rangiz arilardan!
Jamoliddin Qilichov,
Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti 1-kurs talabasi