Bahor
Yana bahor keldi, hammayoq koʻklam,
Qir-adirlar toʻldi qizil lolaga.
Xushboʻy hid taratar bogʻda binafsha,
Bahor buncha oʻxshar shoʻxchan bolaga.
Dala, adirlardan keladi oshib,
Derazam yonida uchar qaldirgʻoch.
Ular chugʻur-chugʻur qilishar tinmay,
Goʻyo der: bizga ham eshigingni och.
Shoira ABDURAHMONOVA,
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 315-maktab 11-sinf oʻquvchisi