Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Onam

Toleimning quyoshi,

Togʻlarga teng bardoshi.

Har dam yonimda boʻlgan,

Mening sirdosh dugonam.

 

Oʻzi yursa-da oʻychan,

Bizni erkalab quchgan.

Cheksa hamki uqubat,

Bizga ravo koʻrgan baxt.

 

Gʻamgin paytim shod qilgan,

Menga kuch-quvvat boʻlgan,

Mehr chirogʻin yoqqan,

Qalbim mohtobi onam.

 

Maftuna AKROMJONOVA,

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabi oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.