Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yana bodom gulladi

Yana bogʻimizda bodom gulladi,

Yana shoʻx bulbullar qoʻshiq kuyladi,

Quyosh bobo koʻkdan asta moʻralab,

Ona tabiatni nurga chulgʻadi.

 

Salom, ona zamin, tabarruk diyor,

Koʻklamni sogʻingan bobo dehqonim.

Mana iliq kunlar, baraka bisyor,

Bahorni sogʻingan aziz insonim.

 

Koʻklam qaldirgʻochdan salom yoʻlladi,

Qir-adirlar uzra sekin boʻyladi.

Tabiat yam-yashil toʻnini kiydi,

Yana bogʻimizda bodom gulladi.

 

Mohlaroy MURODOVA,

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi

255-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.