Quyoshim
Bahra olib nuringdan,
Baxtga choʻmildi boshim.
Yoʻllarimni yoritgan,
Sen koʻkdagi quyoshim.
Onam desam onamdek,
Hokisorsan, samimiy.
Otam desam otamdek,
Qatʼiyatli murabbiy.
Muhabbating taftidan,
Qolmas dilda gʻuborim.
Gullayvergin, yashnayver,
Mening ona diyorim.
Bugun kamolga yetib,
Samolarga soʻzlayman.
Koʻnglimni xurram etib,
Kelajakni koʻzlayman.
Hayotimning mazmuni,
Bog-u boʻston, guliston.
Yuragimning naysoni
Ona yer – Oʻzbekiston.
Shahribonu TURSUNOVA,
Surxondaryo viloyati Muzrobot tumanidagi
7-maktabning 8-sinf oʻquvchisi