Bahor keldi
To‘lqinlanar yuraging –
Maysalarga boqqan dam.
Shodligini kuylaydi
Osmondagi qushlar ham.
Uzoqdan moviy rangda
Nur tarar tog‘-u toshlar.
Dehqon chigit ekay deb
G‘ayrat bilan ish boshlar.
Bahor keldi, zavq-shavq –
Ko‘kni tut, deb, yelkada,
Davom etar yil bo‘yi
Biz yashagan o‘lkada.
Parizoda ABDUQODIROVA,
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 12-maktab 9-sinf