Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bahor yomg‘iri

Tomchi xuddi ko‘z yoshdek

So‘zsizgina yog‘ar jim.

Qalbga go‘zal hislar ek,

To‘lib borar yuragim.

 

Bahordan berib darak

Yog‘yapsanmi, yomg‘irim?

Senga ilhaq boychechak,

Sensiz qancha og‘rindim.

 

Mayin tebrangan maysa

Tushunadi tilingni.

Menga ham ochaqolgin

Sirlar pinhon dilingni.

 

Zulfizar RAJABOVA,

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani

30-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.