Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Baxtim

Qalbimni yoritar misoli quyosh,

Har doim yonimda tirgak va sirdosh,

Ularning hamrohi sabr va bardosh,

Otam bor – dilimda soʻnmaydi shaxtim,

Onamning sogʻligi – eng oliy baxtim.

 

Sizlarga aytaman, ming bora rahmat,

Mehringiz bebaho, topilmas davlat,

Yonimda boʻlsangiz ketmagay omad,

Otam bor – dilimda soʻnmaydi shaxtim,

Onamning sogʻligi – eng oliy baxtim.

 

Muslimaxon YOQUBOVA,

Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi

14-maktabning 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.