Bulutcham
Go‘yo erka yostiqcham
Keng osmonda suzadi.
Unga qo‘lim silkitsam
Bo‘ychasini cho‘zadi.
Shamol sochini tarab,
Sho‘xligini boshlaydi.
Salgina qovoq uysam,
Darrov ko‘zin yoshlaydi.
Qaysarligi o‘zimdek,
Sho‘xligi ham o‘xshaydi.
Bulutchamning qalbida
Mening orzum yashaydi.
Ibrat BOBONAZAROV,
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri A. Oripov nomidagi DIUMI 7-sinf