Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Buvimga

Sho‘xliklarim haddan oshadi ba’zan,

Besabab injiqlik qilganimda ham,

Beozor jilmayib qo‘yasiz har dam.

Kechirib ketasiz, indamaysiz ham,

Buvijonim, sizni yaxshi ko‘raman.

 

Bag‘ringizga bosib erkalab doim,

Hayotim shodligi, quvonchim deysiz,

Kuchdan qolganimda, qariganimda,

Belimning quvvati, suyanchim deysiz.

Buvijonim, sizni yaxshi ko‘raman.

 

Inoyatoy RAHIMOVA,

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani

17-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.