Do‘stlik
Har kuningda senga safardosh
Do‘st umring chirog‘idir u.
Mudom hamdam bo‘lolsang agar,
Yoningga hech yo‘lamas qayg‘u.
Quyosh yerga intilar har choq,
Nuri do‘stlik mehriday toza.
Umringning har lahzasin bezat,
Do‘stligingni qilgin ovoza.
Noziya ERGASHEVA,
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani
43-maktab o‘quvchisi