Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dunyoga chiroy

Yaxshilar-la go‘zal dunyo,

Yaxshilar-la oboddir,

Yaxshi inson quyosh go‘yo,

Sabri unga sabotdir.

 

Nur sochadi zulmatda ham

G‘aflatdan etar forig‘.

Bir tabassum, kulgu bilan

Olamni qilar yorug‘.

 

Yaxshi bo‘ling, yomongamas,

Yondoshing siz ziyoga.

Inson degan nomiga mos

Chiroy bering dunyoga.

 

Abbos SHODMONQULOV,

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani

29-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.