Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shudring

Mittigina marvarid tomchi

Tovlanadi quyosh nurida.

Gul, yaproqqa qo‘nib olib u

Jilolanar bog‘ning to‘rida.

 

Mittigina shu billur tomchi

Olamni sig‘dirar bag‘riga.

Qizdirganda borliqni oftob

Singib ketdi gulning bargiga.

 

Mahliyo HAMDAMOVA,

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani

32-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.