Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ehtirom

Sehrgar adib, ajoyib

Xudoyberdi To‘xtaboyev!

Bolalarning olamini,

Quvonchini, alamini

His qilgancha dil-dilidan,

Qalam tushmadi qo‘lidan.

Yaratdilar o‘nlab kitob –

Dilni yoritguvchi oftob.

“Sehrli qalpoqcha” sehri

Kitobga bog‘ladi mehrim.

Bosh ko‘tarmay o‘qiyverdim,

O‘zim ham she’r to‘qiyverdim.

Qalbim to‘rida nomingiz,

Ardoqda har kalomingiz.

Abadiydir adabiyot

Demak, siz mangu barhayot!

 

Ismoil ABDUVOHIDOV,

Toshkent  shahar Yashnobod tumanidagi

152-maktabning 8-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.