Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Buyugim

Zaminning yulduzi – yorqin, betakror

Mehrning timsoli munisam onam.

Jannatning guli u – tabarruk ifor,

Umidli ko‘zlari ko‘rmasin hech nam.

 

Irodasi metin To‘maris misol,

Ammo ko‘ngli guldek nozigim onam.

Saodat qasrida topyapman kamol,

Qalbi daryo, buyuk jonfido onam.

 

Shahnoza O‘RINBOSAROVA,

Toshkent viloyati  Yuqori

Chirchiq tumanidagi

32-maktabning 10-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.