Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ona

Shamolda xas kabi sarsonlar bo‘lsam,

Qalbim gulbog‘ini qoplasa soya,

Barcha tashvishlarim so‘nar misli sham,

Ona, sizni yodga olsam kifoya.

 

Garchi qarshingizda boshimni egib,

Dardlarimni aytib yig‘lay olmayman.

Shukr, g‘uborlarim ketar tark etib,

Ona, sizni yodga olsam kifoya.

 

Nigina NO‘MONOVA,

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi

2-sonli kasb-hunar kollejining

1-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.