Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ustozlar

Ilk bora qo‘limga qalam tutdingiz,

Ranj-u mashaqqatni ichga yutdingiz,

Mehnatingiz hosilin yillab kutdingiz,

Sizga rahmat deyman, aziz ustozlar.

 

Siz onam – boshimni asta silagan,

Otamsiz, umrimni mudom tilagan,

Siz yo‘lchi yulduzim – baxtga yo‘llagan

Sizga rahmat deyman, aziz ustozlar!

 

Siz misli sehrgar, bu olam sirli,

Dunyo sinoatga to‘ladir turli,

Siz borsiz yo‘limiz hamisha nurli,

Sizga rahmat deyman, aziz ustozlar!

 

Siz juda mehribon, dilkash, shirinso‘z,

Ulug‘lab maqtasam tugamas hech so‘z.

Barchamiz shogirdmiz erka, munchoqko‘z,

Sizga rahmat deyman, aziz ustozlar!

 

Dildora TUROPOVA,

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi

42-maktabning 7-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.