Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Erta tong

Erta tongning shamoli

Qitiqlaydi dimogʻim.

Gulzorlarning jamoli

Zavq berar koʻrgan chogʻim.

 

Erta tongda quyosh ham

Salom, deya jilmayar.

Kapalaklar yonimga

Kelmoqlikdan uyalar.

 

Tong! Bunchalar goʻzalsan,

Koʻnglingda yoʻq gard, gʻubor.

Taʼrifi yoʻq gʻazalsan,

Yuragimday begʻubor.

 

Oʻgʻiloy VAHOBOVA,

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani

4-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.